Ko‘p hollarda gibrid avtomobillarning e’lon qilingan yo‘l bosish zaxira masofasi amaldagi raqamlarga mos kelmaydi — chunki laboratoriya sinovlari amaldagi yo‘llar va iqlimdan uzoq bo‘lgan har jihatdan mukammal sharoitlarda o‘tkaziladi. Shu sababli Chery Uzbekistan jamoasi Arrizo 8 Hybrid’ni tabiiy foydalanish muhitida sinovdan o‘tkazishga qaror qildi.
Safar davomida avtomobillarning barcha tizimlari — iqlim nazorati, multimedia, chiroqlar va o‘rindiqlarni ventilyatsiya qilish tizimi ishga tushirildi. Bu laboratoriya sinovlari emas, balki gibridning imkoniyatlarini kundalik sayohatlarga imkon qadar yaqin rejimlarda sinab ko‘rish edi. Bunda batareya O‘zbekiston iqlimi uchun ayniqsa muhim bo‘lgan yuqori harorat va uzoq muddatli yuklamalarda ham barqaror ishlashini ta’minladi.
«Biz odatdagi rejimda, ya’ni hayotdagidek harakatlandik: yo‘lda shaharlarda to‘xtadik, tirbandliklarda turdik, avtomobilning barcha funksiyalaridan foydalandik. Shunday bo‘lsa-da, 1100 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdik», — deydi Uzcars jurnalistlar jamoasidan bo‘lgan test-drayv ishtirokchilari.
Avtomobil a’lo darajadagi boshqaruvchanlik va ravon harakatlanishni namoyish etdi. O‘rtacha bikrlikdagi podveska yo‘llarimiz uchun ayni muddao bo‘ldi. Qo‘shimchasiga — tezkor gaz tepkisi va simsiz CarPlay kabi qulay funksiyalar», — dedi avtobloger Kamran Ahmedov (NetralkaTV).
Chery Uzbekistan produkt-menejeri quyidagilarni qayd etdi:
«Atmosferali dvigatellarga ega gibridlarning aksariyatida batareya quvvatlanishi tugaganidan keyin quvvat yo‘qolishi seziladi. Chery bilan bog‘liq holatda esa barchasi boshqacha — 1.5L Turbo PHEV turbo motor tufayli avtomobil past quvvatlanishda ham bir xil dinamikani saqlab qoladi. Bunda, bitta bakda yo‘l bosish zahira masofasi 1400 km gacha yetadi, 80 foizgacha quvvatlash esa atigi 19 daqiqa davom etadi. O‘rtacha yonilg‘i sarfi 100 km uchun taxminan 3,9 litrni tashkil qiladi».
Chery Arrizo 8 Hybrid — O‘zbekistonda taqdim etilgan Chery’ning birinchi gibrid modelidir. Uning mahalliy moslashish jarayoni deyarli bir yil davom etdi. Chery muhandislari avtomobil mamlakatning iqlim va yo‘l sharoitlariga to‘liq tayyor bo‘lishi uchun kuch qurilmasi, podveska, elektronika va batareyani sovutish tizimlari sozlamalarini puxta ishlab chiqdilar.
Xalqaro bozorda Arrizo 8 Hybrid brendning flagman modeli hisoblanadi va Chery kompaniyasining gibrid texnologiyalar sohasidagi ko‘p yillik tadqiqotlari va ishlanmalari natijasidir.
Test-drayv Chery Arrizo 8 Hybrid O‘zbekiston iqlimi va yo‘llariga to‘liq moslashganini tasdiqladi. U yuqori tezlikdagi yo‘l trassalarda ham, shahar sharoitida ham o‘zini ishonchli tutadi, energiya samaradorligi, quvvat va biznes-klass qulayligini birlashtiradi.
Test-drayvni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun ishtirokchilarning sharhlari mavjud:
O‘zbek tilidagi tuninghouse sharhi — https://youtu.be/8xakhAxN5n8?si=CibPYMI2sgdEfpOz
Rus tilidagi NetralkaTV sharhi — https://youtu.be/uW3VJK 5nRo?si=1LuLVWxxGogZSR0C
O‘zbek tilidagi Uzcars sharhi — https://youtu.be/3KW1UeEFbjo?si=iBzhj76q3bB6WR4o
Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistondagi Chery avtomobillarining xususiyatlari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55
Website: https://cheryauto.uz
Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot
Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.