O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda


2025-yil 26-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya doirasida Turizm sohasidagi hamkorlik bo‘yicha quyi komissiyaning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari D. Abdusalamov va Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirining o‘rinbosari D. Vaxrukov raisligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda ikki davlatning tegishli idoralari, sayyohlik tashkilotlari, ta’lim muassasalari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdilar.

Tomonlar ilgari erishilgan kelishuvlarning bajarilishini, 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturining amalga oshirilishini va «Rossiyada O‘zbekiston turizmi yili» doirasida o‘tkazilgan tadbirlar natijalarini muhokama qildilar, shuningdek, o‘zaro sayyohlik almashinuvining ijobiy o‘sish sur’ati qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini yanada rivojlantirish, ta’lim dasturlarini takomillashtirish, transport qulayligini oshirish va marketing faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyorliklarini bildirdilar.

Сўнгги янгиликлар

Категориялар

© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.