Maxsus komissiya Qibray tumanidagi issiqxonalar faoliyatini o‘rgandi

Maxsus komissiya Qibray tumanidagi issiqxonalar faoliyatini o‘rgandi


Hozirda Maxsus komissiya atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni bartaraf etishga qaratilgan reyd tadbirlarini davom ettirmoqda. Navbatdagi reyd Qibray tumanida tashkil etilib, unda Maxsus komissiya rahbariyati (Abduhakimov, Qodirov) ishtirok etdi.

Reyd davomida tuman mas’ullari bilan birgalikda Qibray hududida joylashgan issiqxonalar faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi tanqidiy muhokama qilindi.

Xususan, “Obod” mahallasida joylashgan 5 gektar maydondagi issiqxonada to‘qqizta qo‘lda yasalgan qozon hamda filtrlash uskunalarining texnik holati ko‘zdan kechirildi. Atrof-muhit va aholining sog‘lig‘iga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida mas’ul shaxslarga ikki kun ichida standartlarga mos filtrlar o‘rnatish topshirig‘i berildi.

Shuningdek, “Oltin Chinor Agro” MChJga tegishli 2 gektar maydonga ega issiqxona faoliyati ham o‘rganildi. Tadbirkorga chang va gazni tozalash uskunalarini o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatiladi, mas’ullarga esa faoliyatning ekologik talablarga to‘liq mosligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Maxsus komissiya rahbariyati Qibray tumanida issiqxona xo‘jaliklari faoliyatida ekologik talablarga qat’iy rioya etish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

Reyd tadbirlari davom etmoqda.

Сўнгги янгиликлар

Категориялар

© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.