Ozarbayjonda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Ozarbayjonda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar tarixiy, madaniy, til va an’analar jihatidan chuqur ildizlarga egadir. Ikki davlatni nafaqat geosiyosiy manfaatlar, balki umumiy madaniy meros, qadriyatlar va turkiy xalqlarga xos birlik ruhi bog‘lab turadi. Madaniy hamkorlik ikki xalq o‘rtasida o‘zaro hurmat va do‘stlikni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1996-yilda imzolangan Gumanitar hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga asosan ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.

Ikki davlatning madaniy hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston va Ozarbayjon Madaniyat vazirliklari bilan hamkorlikda joriy yilning 14 – 20 — dekabr kunlari Ozarbayjon Respublikasi Boku va Fuzuliy shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida san’at ustalari ishtirokida konsert dasturi, “Yangi O‘zbekiston” foto ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

Ozarbayjonda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlariga 170 nafardan ziyod O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga (O‘zbekiston xalq artistlari, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artistlar, O‘zbekiston davlat simfonik orkestiri, Maqom ansambli, “Navro‘z” raqs ansambli va boshqalar) O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchilik qilmoqda.

14-dekabr kuni Boku shahridagi muhtasham Haydar Aliyev markazida Ozarbayjonda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlariga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov hamda Ozarbayjon madaniyat vaziri o‘rinbosari Farid Jafarov nutq so‘zlab, ikki xalq tarixiy ildizlar va madaniy yaqinlik bilan chambarchas bog‘langanligi, har ikki xalq islom dini, turkiy qadriyatlar va umumiy tarixiy meros asosida shakllanganligi bilan ajralib turishini ta’kidlashdi.

Ozarbayjonda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
“O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy munosabatlar bugun paydo bo‘lgan emas, uning tarixiy ildizlari Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Jomiy va boshqa buyuk mutafakkirlar davriga borib taqaladi. Shuningdek, “Ipak yo‘li” orqali Ozarbayjon va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar yuzlab yillar davom etgan. Bu madaniy bog‘lanishlar hozirgi kunda ham rivojlanib bormoqda” – dedi Bahodir Ahmedov.

O‘z ornida Ozarbayjon madaniyat vaziri o‘rinbosari Farid Jafarov ham nutqi davomida “Azaldan tarixi, tili va dini, urf-odat va an’analari, bugungi orzu-intilishlari mushtarak bo‘lgan xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlashda o‘tkazilayotgan madaniyat kunlarining ulkan o‘rni hamda ahamiyati bor”ligini ta’kidladi.

So‘ng, O‘zbekiston xalq artistlari, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artistlar, O‘zbekiston davlat simfonik orkestiri, Maqom ansambli, “Navro‘z” raqs ansambli ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Ozarbayjonda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
20-dekabrgacha davom etadigan madaniyat kunlari doirasida, O‘zbekiston va Ozarbayjon Madaniyat vazirliklari rahbariyati bilan uchrashuvlar, O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma madaniy komissiyasining 1-majlisi, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi rahbari bilan uchrashuv, “Navro‘z” raqs ansamblining konsert dasturi namoyishi, Ozarbayjon davlat filarmoniyasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konsert dasturi namoyishi, Fuzuliy shahridagi Mirzo Ulug‘bek umumta’lim maktabida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasidagi tadbirlarning yopilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturi jarayonlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: 2023-yilda Boku shahrida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” 2024-yilda Toshkent shahrida “Ozarbayjon madaniyati kunlari” tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazilgan.

Ozarbayjonda “O‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlari davom etmoqda.

Сўнгги янгиликлар

Категориялар

© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.