Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi!

Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi!

Joriy yilning 20-yanvar kuni Samarqandda Ikkinchi Umummilliy “AI Hackathon”ning mintaqaviy bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 400 dan ortiq yosh mutaxassis ro‘yxatdan o‘tdi. Uch kun davomida mamlakatning yetakchi AT-kompaniyalari murabbiylari rahbarligida jamoalarda: tibbiyot, ta’lim, kiberxavfsizlik, tadbirkorlik va taqiqlangan moddalar aylanishiga qarshi kurash kabi sohalarda sun’iy intellektga asoslangan innovatsion loyihalar ishlab chiqadilar.

Umummilliy AI Hackathonda ishtirok etayotgan «iX» jamoasi messenjerlarda giyohvandlik vositalari savdosini aniqlash va cheklashga ixtisoslashgan maxsus algoritmni taqdim etdi. Loyihadan asosiy maqsad — yashirin «qora bozor»larni fosh etish va narkotiklar savdosiga chek qo‘yish.

Ishtirokchilar uchun yetakchi mutaxassislar tomonidan mahorat darslari va seminarlar ham o‘tkazildi.

Umummilliy AI Hackathon finali 2026-yil dekabrida Toshkentda bo‘lib o‘tadi!

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring

Сўнгги янгиликлар

Категориялар

© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.