Final uchrashuvida Raximova va Sorribes-Tormo Xitoy vakillari Sin’yuy Van hamda Saisay Chjen juftligiga qarshi kortga chiqib, ikki setda zafar quchdi. Birinchi set tay-brekda 7-6 (9-7) hisobida yakunlandi, ikkinchi setda esa o‘zbek-ispan dueti uchrashuvni ishonchli tarzda 6-3 hisobida g‘alaba bilan yakunladi.
WTA 250 toifasidagi turnirdagi ushbu titul Kamilla Raximova uchun muhim yutuq bo‘lib, uning jahon ayollar tennisi yuqori darajasidagi barqaror va muvaffaqiyatli ishtirokini yana bir bor tasdiqladi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.