29-mart kuni Nukus shahrida Silk Road xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari turkumining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir ommaviy va hamyonbop sport, hududlarning sayyohlik salohiyati hamda mamlakatning madaniy merosini o‘zida mujassam etgan loyihaning yangi mavsumini ochib berdi.
Shahar markaziy maydoniga 2000 nafarga yaqin ishtirokchi — maktab o‘quvchilari, talabalar, professional sportchilar, yugurish ixlosmandlari, shuningdek, boshqa hudud va mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar yig‘ildi.
“Bu shunchaki sport emas. Bu katta yo‘lning bir qismi ekaningni his etish imkoniyatidir”, — deya marradan keyin o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi ishtirokchilar.
Tadbirni tashkil etish davlat organlari, Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi va Paralimpiya qo‘mitasi, shuningdek, loyiha hamkorlarining muvofiqlashtirilgan ishlari natijasida amalga oshirildi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar faol turmush tarzi qadriyatlarini targ‘ib qilish, yoshlarni jalb qilish va mintaqaning sport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.
Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi direktori Shuhrat Usmonov Nukusdagi startning muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi:
10 km: 1-o‘rin — 6 mln so‘m, 2-o‘rin — 5 mln so‘m, 3-o‘rin — 4 mln so‘m
5 km: 1-o‘rin — 3,5 mln so‘m, 2-o‘rin — 3 mln so‘m, 3-o‘rin — 2,5 mln so‘m
Bolalar ommaviy yugurish musobaqalari g‘oliblariga loyiha tashkilotchilari va hamkorlari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
2026-yilda Silk Road Uzbekistan turkumi mamlakatning sakkizta shahrini qamrab oladi. Keyingi bosqichlar Samarqand (26-aprel), Toshkent (24-may), Qo‘qon (7-iyun) va Buxoro (14-iyun) shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Kuzgi musobaqalar Andijon va Shahrisabzda, yakuniy ommaviy yugurish musobaqasi esa Xivada o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tish — Perfend platformasida (https://perfend.com/en/category/sport).
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.