«Taymetov. G’alaba parvozi» filmi Ikkinchi jahon urushi haqidagi eng yaxshi film deb topildi.

«Taymetov. G’alaba parvozi» filmi Ikkinchi jahon urushi haqidagi eng yaxshi film deb topildi.


«Uzbekistan Airports» tashabbusi bilan yaratilgan va birinchi o’zbek uchuvchisi Abdusamat Taymetov va Toshkent «ТАПОиЧ» zavodida Li — 2 samolyotining yaratilishi haqida hikoya qiluvchi «Taymetov. G’alaba parvozi» hujjatli filmi Rossiyaning 89 mintaqasida o’tkazilgan umumxalq ovoz berish natijalariga ko’ra Ikkinchi jahon urushi haqidagi eng yaxshi film deb topildi.

Film birinchi o’zbek uchuvchisi va urush qahramoni Taymetov haqida hikoya qiladi. Aynan ushbu uchuvchi Berlindan Moskvaga Reyxstag ustida ko’tarilgan Qizil bayroqni, Germaniyaning so’zsiz kapitulyatsiyasi to’g’risidagi aktni va keyinchalik Kreml devorlari yonida yoqib yuborilgan Uchinchi Reyx bayroqlarini samolyotda olib kelganiga qaramay, uning ismi nohaq unutilgan.

Eslatib o’tamiz, film birinchi marta shu yilning 12-may kuni Toshkentda yopiq namoyishda taqdim etilgan. So’nggi olti oy ichida hujjatli film bir qator festival va forumlarda namoyish etildi va bir qancha muhim mukofotlarga sazovor bo’ldi. Tez orada u mahalliy va xalqaro striming platformalarida mavjud bo’ladi, bu esa uni kengroq auditoriya uchun ochiq qiladi.

Сўнгги янгиликлар

Категориялар

© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.