Samarqandda 180 dan ortiq davlat vakillari bioxilma-xillikni saqlash, kamyob turlar savdosini tartibga solish va tabiatni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilish uchun yig‘iladi.
Tadbir dasturi juda boy va ko‘p qirrali bo‘lishi kutilmoqda. Konferensiyaning dastlabki kunlaridayoq plenar sessiyalar hamda yo‘qolib borayotgan turlarni muhofaza qilish, yovvoyi tabiatni monitoring qilish texnologiyalari, barqaror tabiatdan foydalanish va yangi qonunchilik tashabbuslariga bag‘ishlangan o‘nlab mavzuli tadbirlar o‘tkaziladi. Samarqand deklaratsiyasining taqdimoti, noqonuniy hayvon savdosiga qarshi kurash, qor qoploni va sayg‘oqlarni muhofaza qilish, inson va yovvoyi tabiat o‘rtasidagi mojarolarni kamaytirishga qaratilgan tabiatga asoslangan yechimlar muhokamasi alohida e’tibor markazida bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekistonda ekotizimlarni tiklashga qaratilgan GEF 8 loyihasining ishga tushirilishi ham muhim voqelikka aylanadi.
Konferensiyaning ikkinchi yarmida ishtirokchilar Markaziy Osiyoda akulalar, fillar, pangolinlar, dengiz turlari va noyob mushuklarni muhofaza qilish kabi transchegaraviy tashabbuslarni muhokama qiladilar. O’zbekistonning Ramsar strategiyasi, qo’mita yig’ilishlari, ilmiy muhokamalar va taqdirlash marosimlari kabi milliy strategiyalar taqdimotlari bo’lib o’tadi. Konferensiyaning so‘nggi kunlarida yashash muhiti sifati mezonlarini barqaror rivojlanish siyosatlariga integratsiya qilish va karkidonlarni asrash, tabiatni muhofaza qilish tarmoqlari hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy yechimlar muhokama qilinadi. Samarqand nafaqat muhim qarorlar qabul qilinadigan maydonga, balki sayyoraning yovvoyi tabiatni asrash borasida jahon hamjamiyati birligi ramziga aylanadi.
Batafsil dastur CITES rasmiy saytida:
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.