Albatta, ikki mamlakat turizm tadbirkorlari o‘rtasida bevosita aloqalarning kengayishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilayotganligi, bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning davomiyligini ta’minlamoqda. Masalan, shu kungacha o‘tkazilgan tadbirlarda 500 ortiq Xitoy turkompaniyalari bilan B2B-muzokaralar tashkil etilib, 40 dan ortiq hamkorlik bitimlari imzolandi.
Qolaversa, 2025-yil 1-iyunidan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilganligi soha vakillari uchun juda katta imkoniyatlarni ochib bermoqda.
Natijada, 2025-yil yanvar-oktyabr oylari davomida yurtimizga Xitoydan 217 ming nafar turist tashrif buyurdi. Yil yakuniga qadar esa mazkur ko‘rsatgich 250 minga yetishi kutilmoqda.
E’tiborlisi, Turizm yili davomida erishilgan natijalar joriy yildagi maqsadli ko‘rsatkich – 180 ming nafardan 40% ga ko‘p va o‘tgan yilgi ko‘rsatgichlarga nisbatan 3,7 baravar o‘sishni ta’minladi. Bu esa davlatimiz rahbari tomonidan soha oldiga qo‘ygan yirik maqsad – Xitoydan 1 million sayyoh jalb qilishdagi qadamlar jadallashganidan dalolatdir.
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.