Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival avtomobillarini taqdim etdi — narxlar rasman e’lon qilinib, muhim o‘zgarishlar ochiqlandi. Brendning ikkita flagman modeli sezilarli darajada qayta ishlangan dizayn, kengaytirilgan texnologiyalar to‘plami va yangilangan komplektatsiyalarga ega bo‘lishi, ularni O‘zbekiston bozorida eng kutilayotgan yangiliklardan biriga aylantiradi.

2025-yil 29-noyabr kuni Kia brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi yangilangan Kia K8 va Kia Carnival avtomobillarining yopiq taqdimotini o‘tkazdi. Tadbir Kinochilar uyining RENESSANS zalida bo‘lib o‘tdi hamda hamkorlar, mijozlar va avtomobilsozlik sohasi vakillarini to‘pladi.

Mehmonlarni welcome-zona, Star Trajectories uslubidagi foto maydon, «Avto-Aroma» xushbo‘y hidlar ustaxonasi, Jazzirama musiqiy setlari, shuningdek, Sabina Mustayevaning jonli ijrodagi chiqishi qarshi oldi. Muhit o‘zgacha uslubda va premium darajada bo‘lib o‘tdi.
Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi

Kia brendining O‘zbekistondagi direktori o‘rinbosari Georgiy Shoniya mehmonlar oldida so‘zga chiqib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Yangilangan K8 — bu yuqori mavqe, yuqori texnologiya va qulaylikning yangi darajasi, yangilangan Carnival esa — bu katta kompaniya uchun maksimal ratsionallik va harakatlanish qulayligi. Kia uchun bu shunchaki yangi versiyalarni ishga tushirish emas, balki insonlarga ko‘proq harakatlanish erkinligini berish va har qanday vaziyatda o‘zlarini ishonchli his qilishlariga yordam berish missiyamizning davomidir».

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi
Tadbirning rasmiy qismi o‘tgandan so‘ng tashrif buyuruvchilarga ikkala model bilan batafsil tanishish va brend vakillari bilan texnik xususiyatlarni muhokama qilish imkoniyati berildi.
Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi

Yangilangan Kia K8 sharhi

K8’ning tashqi ko‘rinishiga e’tibor berilganida uning tashqi tomonidagi o‘zgarishlar darhol ko‘zga tashlanadi. Old qism yangi bamperga ega bo‘ldi, u ham odatiy radiator panjarasi bo‘ylab cho‘zilgan va vizual ravishda kapotga o‘tib, yanada monolit va sportcha qiyofani hosil qiladi. Yaxshilangan aerodinamika havo qarshiligini kamaytirishga va yonilg‘i sarfini kamaytirishga yordam beradi.

Gorizontal LED yoritish chizig‘iga ega brend vertikal bosh optikasi markaning yangi dizaynini ta’kidlaydi va qorong‘u vaqtda ko‘rinishni yaxshilaydi. G‘ildirak diskalarining shakli ham o‘zgardi — endi ular qora, burchakli elementlarga ega bo‘lib, modelning dinamik xususiyatini namoyon etadi. Yon oynalarda avtomobilning e’tiborini oshiradigan burilish takrorlagichlari paydo bo‘ldi.

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi
K8’ning orqa qismiga «Yulduzli xarita» texnologiyasiga ega chiroqlar, yukxona qopqog‘iga esa qo‘shimcha bo‘ylama kuchaytirgichlar o‘rnatildi. Orqa bamper ishlangan tutun gazi chiqarish tizimini quvurlaridan xalos bo‘lganligi sababli, u yanada tartibga solingan qiyofaga ega bo‘ldi.

Salonda yangilangan dekorativ o‘rnatmalari va mayin tarzdagi atmosfera yorug‘ligi paydo bo‘ldi. Qurilmalar paneli va markaziy displey ma’lumotlarning o‘qilishini yaxshilaydigan bo‘ylama egilgan shakli bilan umumiy blokga birlashtirilgan.

Yangilangan multimedia tizimi Apple CarPlay va Android Auto simsiz tizimlarida ishlaydi va qo‘shimcha dinamiklarga ega bo‘ldi. Markaziy konsolga qayta ishlov berildi: o‘rindiqlar orasida stakan qo‘ygichlar uchun qulay pardachalar va buyumlar bo‘limi isitiladigan va ultrabinafsha sterilizatsiya qilinadigan yangi ikki tabaqali markaziy boks paydo bo‘ldi.

Rul chambaragida joylashgan harakat rejimlari almashtirgichi endi haydovchining ro‘parasida joylashgani, uni foydalanish uchun yanada sodda va tushunarli qiladi. Xotirali rul kolonkasining elektr tarzda sozlanishi avtomobilga kirish va undan chiqishni osonlashtiradi, shuningdek, bir nechta haydovchilar tomonidan foydalanilishini osonlashtiradi.

Yangilangan Kia K8’ning o‘ziga xos texnik xususiyatlari:

● Ulanadigan to‘liq yuritma — K8 uchun O‘zbekistonda birinchi marta.

● Elektron tarzda boshqariladigan amortizatorlar podveskaning qattiqligini soniyasiga 40 marta sozlaydi.

● 300 ot kuchiga ega 3,5 litrli atmosferali V6 8 pog‘onali Avtomat ravishda uzatmalarni almashtirish qutisi bilan uyg‘unlikda.

● 0 dan 100 km/soatgacha tezlashish — 7,2 soniya.

Model uch xil komplektatsiyada mavjud:

● Prestige FWD — 789 900 000 so‘m

● Premium FWD — 834 900 000 so‘m

● Premium AWD — 859 900 000 so‘m

Yangilangan Kia Carnival sharhi

Yangilangan Carnival ham tashqi, ham ichki tomondan o‘zgardi. Old qism Kia brendining yangi uslubida, vertikal LED chiroqlari va yangi radiator panjarasi bilan jihozlangan. Monolit old bamper yanada qudratli va ishonchli ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Orqa tomondan e’tiborni qaratadigan bo‘lsak, oyna changini kamaytiradigan kattalashtirilgan spoyler va yangi vertikal chiroqlarni ko‘ramiz. Komplektatsiyasiga qarab 18″ va 19″ o‘lchamdagi diskalar modelning ishonchlilik darajasini ifodalaydi.

Salon eshiklari yangilangan yoritgich va dinamiklar panjaralarining yangi dizayniga ega bo‘ldi. Markaziy konsol qulay iqlim boshqaruvi va multimedia uchun maqbullashtirildi. Simsiz quvvatlash tizimi yanada tezroq va qulayroq ishlash imkoniyatlariga ega bo‘ldi.

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi
Orqa tomonni ko‘rish oynasi orqa tomonni ko‘rish kamerasidan tasvirni namoyon etish funksiyasiga ega. Qurilmalar paneli va multimedianing 12,3 dyuymli ikkita displeylari umumiy egilgan oyna ostida o‘rnatilgan bo‘lib, ular yagona vizual blokni hosil qiladi.

Salon konfiguratsiyalari:

● 8 o‘rinli — markaziy o‘rindig‘i bukiladigan o‘rta divan.

● 7 o‘rinli — bo‘ylama harakatlanish imkoniyatiga ega siljitish moslamali alohida o‘rindiqlar.

Haydovchi o‘rindig‘i uzoq safarlarda toliqishni kamaytiradigan Ergo Motion texnologiyasi bilan jihozlangan. Proyeksiyali displey muhim ma’lumotlarni peshoynaga namoyon qilib beradi.

Carnival 3,5 litr hajmga ega V6 atmosfera dvigateli va 8 pog‘onali Avtomat ravishda uzatmalarni almashtirish qutisi bilan jihozlangan bo‘lib, old tomondagi yuritmaga ega.

Model uch xil komplektatsiyada mavjud:

● Comfort – 624 900 000 so‘m

● Luxe – 724 900 000 so‘m

● Prestige – 834 900 000 so‘m

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi
Yangilangan Kia K8 va Kia Carnival O‘zbekistonda brendning jiddiy taraqqiyotini namoyish etmoqda. K8 premium toifadagi daraja, zamonaviy texnologiya va dinamikani o‘zida mujassamlashtirayotgan bo‘lsa, Carnival oila va biznes uchun qulay va universal darajadagi miniven mavqeini mustahkamlab bormoqda.

Ikkala model ham yanada yuqori texnologiyaga ega, qulay va xavfsizroq bo‘lib bormoqda, taqdimot esa Kia mahalliy mijozlar ehtiyojlariga mos keladigan puxta o‘ylangan muhandislik yechimlari tomon harakatlanishda davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

Сўнгги янгиликлар

Категориялар

© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.