Bungacha respublikada chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy 20,1 mlrd so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 231 014 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirildi. Shundan so‘ng, abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etish uchun 5 (besh) kun muddat berildi va ushbu davrda 9,4 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi. Ayni paytda chiqindi xizmatlaridan respublika kesimida jami 18,2 mlrd so‘m debitor qarzdorlik mavjud.
Eslatib o‘tamiz, mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq darhol yechiladi.
Maʼlumot o‘rnida: 1044-sonli Qonuni bilan chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari boʻyicha toʻlov intizomi tartibga solingan. Unga koʻra, har oyning 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Chiqindilarni boshqarish agentligining “Toza makon” billing elektron tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimiga uzatilmoqda. Ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. 2025-yilning 1-iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 5-noyabridan boshlab qo‘llanilmoqda.
Avvalroq, 2026-yilning 1-yanvaridan chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlarni faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun onlayn tarzda amalga oshirilishi haqida xabar qilgan edik.
Hurmatli fuqarolar, Sizda chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va shikoyatlar yuzaga kelganda: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining “1205” qisqa raqamiga 24/7 rejimda murojaat qilishingiz mumkin.
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.