O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha Strategiya tasdiqlandi

O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha Strategiya tasdiqlandi


Mazkur strategiya Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning amaliy va tizimli ijrosini ta’minlash, shuningdek bolalarning xavfsizligi va qo‘llab-quvvatlanishini kafolatlaydigan barqaror mexanizmni shakllantirishga qaratilgan.

Farmon fuqarolarga bolalar va xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarimizni bajarish, mamlakatning faol pozitsiyasini, zo‘ravonlikka murosasizligini va uni bartaraf etishdagi qat’iyatini tasdiqlash imkonini beradi.

Bugun Prezidentimiz tomonidan 2026–2030-yillarda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi to‘g‘risidagi Farmon imzolandi. Hujjat jamoamiz tomonidan jahon tajribasi va ilg‘or amaliyotlar asosida ishlab chiqilib, bolalar uchun ishonchli himoya tizimini yaratishga qaratilgan.

2026-yildan professional tutingan oilalar bilan ish yo‘lga qo‘yilib, bolalar va oilalar psixologik hamda huquqiy yordam oladi. Ustuvor maqsad — oilani qo‘llab-quvvatlash va uni saqlab qolish.

Shuningdek, o‘quv-tarbiya muassasalari o‘rnida bolalarni jamiyatga moslashtirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy integratsiya markazlari tashkil etiladi, qonunchilikdagi o‘zgarishlar esa bola huquqlarini kuchaytirishga qaratilgan.

Ushbu islohotlarni amalga oshirishda ishtirok etgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi va barcha hamkorlarga minnatdorlik bildiraman.» —Shahnoza Mirziyoyeva.

Strategiyaga muvofiq kuchga kirayotgan o’zgarishlar haqida batafsil quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Сўнгги янгиликлар

Категориялар

© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.