2023-yilning noyabr oyida We Digital agentligi marketing va kreativ sohasida vazifalarni samarali bajarish uchun sun’iy idrokni (SI) audio-, videokontent va matnlarga integratsiya qiluvchi SI laboratoriyasini ishga tushirdi.
“Ushbu chat-bot yordamida biz kopirayterlar va kontent-kreatorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqdamiz. U o‘zbek tili bilan ishlashni yengillashtiradi va kontekstni yanada aniqroq tushunish evaziga material sifatini oshiradi”, — deydi We Digital boshqaruvchi hamkori Denis Roman.
SI laboratoriyasi bo‘lim boshlig‘i Hikmatilla Ubaydullayev chat-bot yaratilishi ortida katta mehnat va ko‘plab tajribalar turganini ta’kidlaydi. “Uzbek Expert jurnalistlar va kopirayterlarning kundalik faoliyatida samarali yordam bera olishidan faxrlanamiz”.
Uzbek Expert chat-botidan har bir xohlovchi foydalanishi mumkin, faqatgina ChatGPT 4 versiyasiga obuna talab etiladi xolos.
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.