Toshkent Quvur Zavodi O‘zbekistondagi eng yirik tayyor po‘lat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan biridir.
Mazkur moliyalashtirish TQZga zarur aylanma mablag‘ taqdim etadi hamda izolyatsiyalangan katta diametrli quvurlar (KDQ) ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi. TQZ suv quvurlarini himoya izolyatsiyasi bilan qoplash uchun xomashyo xarid qiladi va tegishli qoplama uskunalarini yangilaydi.
TQZ O‘zbekistonda izolyatsiyalangan KDQ ishlab chiqaruvchi yagona korxona hisoblanadi. Ushbu quvurlar suv tashish tizimlari, konchilik ishlari, turar joy va tijorat infratuzilmasi, shuningdek, ko‘priklar, yo‘llar va estakadalar kabi yirik infratuzilma loyihalarida keng qo‘llaniladi.
Loyiha doirasida joriy etiladigan ilg‘or izolyatsiya texnologiyasi kompaniya quvurlarining xizmat muddatini hozirgi 15–20 yildan 50 yilgacha uzaytiradi. Bu esa mamlakat bo‘ylab ekologik infratuzilmani rivojlantirish va sezilarli darajadagi suv tejash orqali uzoq muddatli foyda keltiradi. Bu esa o’z navbatida, suv quvurlarining mustahkamligini oshirish va suv yo‘qotilishini kamaytirish orqali loyiha mamlakatda ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilashga yordam beradi hamda barqaror infratuzilma rivojiga hissa qo‘shadi.
YTTB bugungi kungacha O‘zbekistonda 193 ta loyiha orqali 5,57 milliard yevro miqdorida sarmoya kiritgan bo‘lib, ushbu mablag‘larning aksariyati xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan va mamlakat iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shmoqda.
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.