Hafta oxirida Haqiqiy galereyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv hab (keyingi o‘rinlarda — Hab) oʻquvchisi — Salomova Zafinaning ilk shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir to‘g‘ri tashkil etilgan inklyuziv muhit yoshlarning o‘zini namoyon etishi va ijodiy rivojlanishi uchun qanday imkoniyatlar yaratishini yorqin ko‘rsatib berdi.
Zafina — neyrodivergent rassom, Xalqaro inklyuziv hab bitiruvchisi va Boboqulov Jahongir shogirdi. Bir yil davomida uning ijodiy jarayoni yanada ongli tus oldi: diqqatni jamlash qobiliyati oshdi, o‘zaro muloqot ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Aynan shunday o‘zgarishlar inklyuziv muhit har bir bolaning salohiyatini ochishda qanchalik katta rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Zafinaning asarlari — rang, shakl va makon orqali muloqot usuliga aylanuvchi intuitiv va lahzaviy jarayon. Ko‘rgazma
mehmonlari shunday deya ta’kidlashdi: “Odamga keskin cheklovlar qo‘yilmaganda, u erkinroq fikrlay boshlaydi.”
Aynan mana shu yondashuv: cheklash emas, balki ichki salohiyatni ochishga yordam berish inklyuziv ta’limning asosidir.
Ba’zi mehmonlar Zafinaning ijodini dunyodagi eng mashhur neyrodivergent rassomlardan biri — yapon san’atkori Yayoi Kusama ishlariga qiyosladilar.
Shaxsiy ko‘rgazma — bu katta ijodiy yutuq bo‘lishi bilan birga, Xalqaro inklyuziv habning tizimli, puxta tashkil etilgan sa’y-harakatlari natijasidir. Bu yerda inklyuziya rasmiy tushuncha emas, balki to‘g‘ri yondashuv orqali har bir bola, rivojlanish xususiyatlaridan qat’i nazar, o‘z salohiyatini to‘liq ochishi mumkinligini amalda isbotlaydigan haqiqiy vositadir.
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.