Toshkentda suv sepuvchi mashinalar va favvoralar ishga tushirildi

Toshkentda suv sepuvchi mashinalar va favvoralar ishga tushirildi

Ekologiya va iqlim o’zgarishi milliy qo’mitasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent ko’chalari va yashil hududlarda chang ifloslanishini kamaytirish maqsadida suv sepuvchi mashinalarni ishga tushirdi. Maxsus mashinalar yo’l qoplamasini va daraxtlarni sug’orib, tabiiy changni cho’ktirishga yordam beradi va shahar havo sifatini yaxshilaydi.

Shuningdek, poytaxtdagi barcha favvoralar ham ishga tushirilgan bo’lib, ular 24/7 rejimga o’tkazildi. Ularning faoliyati mikroiqlimni saqlashga va jamoat joylaridagi chang yuklamasini kamaytirishga yordam beradi.

Ta’kidlash joizki, Qo’mita tomonidan havo ifloslanishini kamaytirish maqsadida tezkor shtab tuzilgan bo’lib, poytaxtdagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish uchun barcha chora-tadbirlar ko’rilmoqda.

Сўнгги янгиликлар

Категориялар

© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.