Bugun Toshkentda O‘zbekistonning yosh me’morlari, shaharsozlari va dizaynerlari uchun muhim voqea — talabalar me’morchilik mukofoti Shaharsoz 2025 g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofot O‘zbekiston yosh me’morlar uyushmasi tomonidan UZUM milliy raqamli ekotizimi ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, u yana bir bor shuni isbotladiki: talabalar loyihalari shunchaki o‘quv topshiriqlari emas, balki shaharlarni rivojlantirish uchun haqiqiy manbadir.
Tanlov yakunlari: chizmadan shahar o‘zgarishlarigacha
Bu mavsumda respublika oliy ta’lim muassasalarida me’morchilik, shaharsozlik va dizayn yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalardan 300 dan ortiq loyiha taqdim etildi. Hakamlar hay’ati loyihalarni shahar muhiti uchun dolzarbligi, barqaror rivojlanishga qo‘shgan hissasi, me’moriy yechimning o‘ziga xosligi va amalga oshirish imkoniyatlari (ayniqsa, «Uzum Mahalla» maxsus nominatsiyasi bo‘yicha) asosida baholadi.
«Kelajak shaharsozlik yechimi» — Rasuljonov Ilhomjon.
Loyiha barqaror rivojlanish, resurslardan oqilona foydalanish va aholining turmush sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli shahar modelini taqdim etadi.
Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti — Jumambetov Ulug‘bek.
Hakamlar hay’ati loyiha tadqiqotining chuqurligi va uning kelajak shaharsozlik yechimlariga ta’sir ko‘rsatish salohiyatini alohida e’tirof etdi.
«Jamoat joylari» toifasi
G‘olib — Jo‘rayev Yusuf.
Loyiha jamoat hududini mahalliy o‘ziga xoslik va kundalik foydalanish ssenariylarini hisobga olgan holda uyg‘un obodonlashtirishni taklif qiladi.
Faxriy mukofotlar:
— Eshnazarov Jahongir
— G‘alautdinov Vakil
«Kichik me’moriy shakllar» toifasi
G‘olib — Komilova Mahdiya.
Loyiha mahallalarda qulay muhit va jozibador nuqtalar yaratishga xizmat qiluvchi kichik shakllarning funksionalligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi.
Faxriy mukofot — Amanova Shahlo
Kelgusi mavsum uchun rejalar:
— tanlov geografiyasini kengaytirish;
— finalchilar uchun ustoz-shogird dasturini yo‘lga qo‘yish;
— UZUM bilan hamkorlikda g‘oliblarning ishlarini amalga oshirish bo‘yicha sinov loyihalarini boshlash.
«Yil universiteti»
Mukofot yakunlari bo‘yicha tashkilotchilar «Yil universiteti» deb Toshkent arxitektura-qurilish universitetini e’lon qildilar. Tanlov jarayonida universitetning faolligi, o‘tgan yil davomida talabalar uchun o‘tkazilgan qo‘shma ta’lim tadbirlari soni hamda ushbu oliy o‘quv yurti nomidan tanlovda ishtirok etgan talabalar miqdori inobatga olingan.
«Mukofot men uchun kasbga kirishning boshlang‘ich nuqtasi bo‘ldi. Mutaxassislardan olingan fikr-mulohazalar va loyihani boshqa oliy ta’lim muassasalaridagi hamkasblar bilan muhokama qilish imkoniyati — bu bebaho tajribadir», — deya ta’kidladi 2025-yilgi mukofot sovrindori Malikova Dinara.
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.