Poytaxtda ilk marotaba madaniy ta’lim yo‘nalishida Xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda, dunyoning 10dan ortiq mamlakatlaridan ishtirokchilar offlayn va onlayn qatnashishdi.
Ushbu Xalqaro konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO), Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat ta’limi markazi hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur xalqaro konferensiyada 100 nafarga yaqin olimlar, soha mutaxassislari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagoglar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar, iqtidorli talabalar, barcha qiziquvchilar hamda mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etdi.
“Madaniyat va san’at ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning zamonaviy metodlari: yutuqlar va muammolar” mavzusidagi Konferensiya doirasida xalqaro va mahalliy olimlar ishtirokida taqdimotlar, ilmiy muhokamalar, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari hamda ilg‘or tajribalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.