Farg‘ona Davlat Universitetida “Ozarbayjon san’ati va adabiyoti kunlari” doirasida muhtasham konsert dasturi o‘tkazildi
Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Elchixonasi huzurida faoliyat ko‘rsatadigan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Ozarbayjon san’ati va adabiyoti kunlari” doirasida Farg‘ona Davlat Universitetida keng ko‘lamli badiiy konsert dasturi taqdim etildi.
Farg‘ona Davlat Universiteti rektori Bahodirjon Shermahammatov o‘z nutqida Ozarbayjon har doim o‘zbek xalqiga ma’naviy jihatdan yaqin bo‘lganini, uning madaniyati, adabiyoti va san’ati o‘lkada katta qiziqish bilan qarshi olinishini bildirib o‘tdi. Rektor ikki xalq o‘rtasidagi chuqur gumanitar rishtalar bugungi kunda ham mustahkamlanmoqda va bu kabi tadbirlar talabalarning bir-birining madaniy merosini yanada chuqurroq o‘rganishiga sharoit yaratadi deya ta’kidladi. Shuningdek, u bunday tashabbuslar yoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va madaniy yaqinlashishni yanada kuchaytiradi deya qo‘shimcha qildi.

Akif Mariflining so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon va O‘zbekiston prezidentlarining uzoqni ko‘zlab olib borayotgan siyosati natijasida shakllangan va mustahkamlanayotgan ittifoqchilik gumanitar aloqalarning rivojiga keng imkoniyatlar ochadi va amalga oshirilayotgan madaniy loyihalar ushbu strategik hamkorlikning izchil davomini tashkil etadi. U tadbirning Xalq shoiri Baxtiyor Vahobzodaning tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlanishi alohida ramziy ma’noga ega deya qo‘shimcha qildi. Direktorning so‘zlariga ko‘ra, B.Vahobzodaning boy she’riy merosi Ozarbayjon adabiyoti va butun turkiy dunyo ma’naviy xazinasining muhim qismidir va umumiy qadriyatlarning yashashiga xizmat qiladi.

Konsert dasturi Ozarbayjon Davlat Akademik Opera va Balet teatri solistlari O‘rxon Jalilov va Ravona Amiraslanli tomonidan yuksak mahorat bilan taqdim etilgan vokal ijrolar bilan ochildi. Har ikki san’atkor Ozarbayjon musiqasining ohangdor teranligini, klassik vokal maktabining qudrati va sahna madaniyatini auditoriyaga ustalik bilan yetkazib berdilar. Solistlarning chiqishlari zalda o‘zgacha hissiy muhit yaratib, konsertning badiiy yo‘nalishiga kuchli boshlanish berdi va tinglovchilar tomonidan samimiy olqishlar bilan qarshilandi.

Tadbirda Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Xari Bulbul” teatr truppasi ham boy dastur bilan chiqish qildi. Truppa Uzeyir Hojibaylining mashhur “Arshin mal alan” nomli klassik operettasining turli lavhalarini sahnada jonlandirdi. Shundan so‘ng jamoaviy “Qayinona” spektakliga bir-birini to‘ldiruvchi turli lavhalarning badiiy taqdimoti tomoshabinlarga namoyish etildi. Teatr chiqishlari ham milliy sahna an’anasining hazil, dinamika va koloritini, hamda ozarbayjonlik sahna ustalarining tabiiy ifoda tarzini tomoshabinlar e’tiboriga havola etdi va zalda katta qiziqish uyg‘otdi.

Konsert dasturida Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Qorabog‘ zafari” raqs ansambli ham maroqli chiqishlar qildi. Ansambl milliy raqs san’atining o‘ziga xos harakat plastikasi, ritmik boyligi va obrazliligini namoyish etib, sahnaga o‘zgacha dinamika olib keldi. tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Raqs ijrolarining kompozitsion yaxlitligi, estetik namoyishi va milliy ranglar uyg‘unligi bilan tanlanib, tadbir ishtirokchilari tomonidan gulduros olqishlar bilan qarshilandi.
Ozarbayjon musiqasi, teatri va raqs san’ati namoyish etilgan ushbu dastur Farg‘ona jamoatchiligida yuksak madaniy taassurot qoldirib, “Ozarbayjon san’ati va adabiyoti kunlari”ning eng yorqin badiiy hodisalaridan biriga aylandi.