Tuproq degradatsiyasi — ekologik muammodan milliy xavfgacha. Видео

Tuproq degradatsiyasi — ekologik muammodan milliy xavfgacha. Видео


Yerlarning tanazzulga uchrashi insoniyat oldida turgan eng jiddiy ekologik muammolardan biri bo‘lib, bugun dunyo quruqlik hududlarining qariyb 40 foiziga va 3,2 milliard inson hayotiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Markaziy Osiyoda yer maydonlarining taxminan 37 foizi degradatsiyaga uchragan. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 26 foizni tashkil etib, tuproqning sho‘rlanishi, gumus miqdorining kamayishi va qishloq xo‘jaligi hosildorligining pasayishi bilan namoyon bo‘lmoqda.

Ana shu sukutda kechayotgan fojiani jamoatchilikka yetkazish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va «Zamin» fondi ko‘magida «Ona Yer nidosi» hujjatli filmi suratga olindi.

Joriy yilning 4-dekabr kuni ilk bor FAOning Italiyadagi Bosh qarorgohida ilk bor jamoatchilikka namoyish etilgan filmning taqdimoti O‘zbekistonda «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti hamda Davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tdi.

Сўнгги янгиликлар

Категориялар

© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.