Toshkent, 2025-yil 10-dekabr — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) «Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li» kitobining ingliz tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Ushbu kitobning muallifi taniqli siyosatshunos, senator hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovdir.
Tadbir davlat idoralari, diplomatik korpus, ilmiy doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillarini bir joyga to‘playdi. Taqdimot Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonda amalga oshirilgan va kitobda aks ettirilgan keng qamrovli islohotlar hamda o‘zgarishlarga bag‘ishlanadi.
Ma’lumot uchun:
Muallif haqida: Qudratilla Rafiqov — taniqli siyosatshunos, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi (2016-yildan buyon), Oliy Majlis Senati a’zosi. U O‘zbekistonning zamonaviy rivojlanishiga bag‘ishlangan bir qator asarlar muallifi hisoblanadi.
Kitob haqida: «Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li» — mamlakatning o‘zgarish jarayonini batafsil tasvirlovchi fundamental asardir. Nashr chet ellik kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga respublikada olib borilayotgan islohotlarning maqsadi, mohiyati va yutuqlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi.
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.