Kia yangi Kia K3 sedani sotuvi boshlanganini e’lon qiladi

Kia yangi Kia K3 sedani sotuvi boshlanganini e’lon qiladi

Yangi sedan kundalik foydalanishda shinamlik, qulaylik va ishonchni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan. Model zamonaviy haydovchilar kutganidek ergonomik salon, yuqori darajadagi jihozlanish va muvozanatlashtirilgan xususiyatlarni taqdim etadi.

K3 nomi o‘zbek tilidagi “kuch” so‘ziga hamohang bo‘lib, avtomobilning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi: ishonchli, texnologikjihozlanishga ega va puxta o‘ylangan. O‘zining o‘lchamlari va jihozlanishi tufayli Kia K3 yuqori toifadagi modellar bilan taqqoslanadigan qulaylik darajasini taqdim etadi.

Avtomobilning o‘lchamlari 4545 × 1765 × 1475 mm, yukxonaning hajmi esa 544 litrga yetadi.

Dizayn

Eksteryer Kia Opposites United (“Qarama-qarshiliklar birligi”) falsafasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Power to Progress (“Progress uchun energiya”) konsepsiyasiga urg‘u berilgan. Star Map old yoritish chiroqlari modelning zamonaviy va tanilgan ko‘rinishini shakllantiradi, yangilangan «yo‘lbars tabassumi» radiator panjarasi esa avtomobilning texnologik xususiyatini ifodalaydi.

Kia yangi Kia K3 sedani sotuvi boshlanganini e’lon qiladi
GT Line versiyasi o‘zining eksteryeri va interyerining sport elementlari bilan ajralib turadi: original bamperlar, 17 dyuymli disklar, o‘rindiqlarning ikki rangli qoplamasi, qora shift va pedallardagi metall qoplamalar. Model uchun beshta kuzov rangi mavjud: oq, kumush, to‘q kulrang, oq marvarid, qora marvarid.

Interyer

Kia yangi Kia K3 sedani sotuvi boshlanganini e’lon qiladi
Komplektatsiyaga qarab, Supervision raqamli qurilmalarpaneli, 10,25 dyuymgacha ekranga ega multimedia tizimi, Apple CarPlay va Android Auto tizimi qo‘llab-quvvatlashi, smartfon uchun simsiz quvvatlash tizimi va elektr yuritmali lyuk mavjud.

Qo‘shimcha qulaylikni yaxshilangan shovqin izolyatsiyasi, ikki hududli iqlim nazorati, o‘rindiqlarning ikkinchi qatori uchun deflektorlar va “Issiqlik beruvchi opsiyalar” paketi ta’minlaydi. 64 xil rangga ega atmosferali yoritgichi interyerni kayfiyatga moslashtirish imkonini beradi.

Dvigatellar va yurish sifati

O‘zbekiston bozorida Kia K3 ikkita benzinli dvigatel bilan taklif etilmoqda:

• 6 pog‘onali mexanik uzatmalarni almashtirish qutisi bilan birgalikda 100 ot kuchiga ega 1.4 MPI;

• 6 pog‘onali avtomat ravishda uzatmalarni almashtirish qutisi bilan 123 ot kuchiga ega 1.6 MPI.

Kia yangi Kia K3 sedani sotuvi boshlanganini e’lon qiladi

Xavfsizlik

Bazaviy jihozlanishga ABS, ESC, TPMS, yuqoriga ko‘tarilishda start yordamchisi, orqa tomon kamerasi va ISOFIX mahkamlagichlari kiradi. Kompleksatsiyaga qarab, avtomobil 2 tadan 6 tagacha xavfsizlik yostiqchalariga ega va ADAS tizimlari majmuasi, jumladan, yo‘l tasmasida ushlab turish, ko‘rinmas hududlarni nazorat qilish va orqa tomonga harakatlanishda ogohlantirish tizimi bilan jihozlangan.

Kia K3 to‘rtta komplektatsiyada mavjud:

Classic – 219 900 000 so‘m;

Luxe – 239 900 000 so‘m;

Prestige – 269 900 000 so‘m;

GT-Line – 299 900 000 so‘m.

Modelga Kia kafolati qo‘llaniladi – 5 yil yoki 150 000 km yo‘l bosish.

Telefon: (+998) 55-500-83-33

Veb-sayt: http://kia.uz/

Facebook: https://www.facebook.com/KiaUzbekistan/

Instagram: https://www.instagram.com/kia__uzbekistan

Telegram: https://t.me/kiauzbekistanbot

YouTube: https://www.youtube.com/@kiauzbekistan

Сўнгги янгиликлар

Категориялар

© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.