O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Temir yo‘l sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi F 70-sonli Farmoyishida O‘zbekistondan Turkmanboshi portlariga grafik asosida blok poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.
Jumladan, 2025 yil davomida Sergeli stansiyasidan 380 ta konteyner, Nazarbek stansiyasidan 228 ta konteyner va Assaka stansiyasidan 25 ta konteyner Yevropaning Italiya, Gretsiya, Turkiya, Bolgariya, Shvetsariya, Ozarbayjon va boshqa qator mamlakatlariga yetkazib berildi.
Mazkur yo‘nalishda blok poyezdlar qatnovining yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston eksport salohiyatini oshirish, transport-logistika tizimini diversifikatsiya qilish hamda xalqaro transport koridorlaridagi raqobatbardoshlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.