Unga ko‘ra, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligida respublika ishchi shtabi tashkil etilib, tadbir davomida sanitar tozalash korxonalari tomonidan barcha hududlar qattiq maishiy chiqindilardan tozalanadi.
Shuningdek, mahalla hududlarini ozoda saqlash, bayram kunlarida chiqindi to‘planib qolishining oldini olish, chiqindilarni reja grafikdan tashqari navbatchilik asosida o‘z vaqtida olib ketishga qatʼiy rioya qilish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘riladi.
“Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlaridan maqsad aholi orasida Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, atrof-muhitni ozoda saqlash va bu orqali ekologik vaziyatning yanada yaxshilanishiga hissa qo‘shishdir.
Shu o‘rinda, jismoniy va yuridik shaxslardan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni, jumladan, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslikni so‘raymiz. Unutmang, har qanday ekologik huquqbuzarlik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Shu o‘rinda, Sizda chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va shikoyatlar yuzaga kelganda: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining “1205” qisqa raqamiga 24/7 ish rejimda murojaat qilishingiz mumkin.
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.