Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Дзюдо спорт турини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори ижросини таʼминлаш ҳамда Халқаро ҳарбий спорт кенгашининг 2024-йил учун календар режасига мувофиқ, 16-октябр куни пойтахтимизнинг “Юнусобод” спорт мажмуасида Ўзбекистонда илк бор ҳарбийлар ўртасида дзюдо бўйича 42-жаҳон чемпионати бошланди.
Шу тариқа, Ўзбекистон терма жамоаси 42-Ҳарбийлар ўртасидаги жаҳон чемпионатини 5 та олтин, 5 та кумуш, 3 та бронза медали билан якунлади.
Oltin medal
52 kg: Gulhayo Joʻrayeva
73 kg: Shahram Ahadov
81 kg: Hikmatilloh Toʻrayev
100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Shohrux Baxtiyorov
Kumush medal
48 kg: Halimajon Qurbonova
63 kg: Nigina Saparbayeva
66 kg: Abdurahim Nutfullayev
81 kg: Muso Sobirov
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
Bronza medallar
48 kg: Laziza Haydarova
57 kg: Nilufar Ermaganbetova
60 kg: Bahrom Boturov
Umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik harbiy dzyudochilar 1-o‘rinda ketmoqda. Undan keyingi pog‘onani 3 ta oltin medali bilan Mo‘g‘uliston va 2 ta oltin medal bilan Fransiya egallagan. Qozog‘iston, Jazoir, Italiya, Vengriya vakillari esa o‘z hisobiga bittadan oltin yozib qo‘ydi.
18-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan jamoaviy bahslarda O‘zbekiston ayollar jamoasi 1-o‘rinni, erkaklar jamoasi esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yakuniy natijalar quyidagicha:
Ayollar o‘rtasida
© Yangiliklar24 . All Rights Reserved.